Baholash faoliyatini litsenziyalash
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bog`lanish

Manzil: 100066, Toshkent sh., Islom Karimov ko`chasi 55



Telefon: (+ 99871) 239-44-46



Faks: (+ 99871) 239-47-84



Web sayt: gkk.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

- litsenziya berish to'g'risida ariza, unda quyidagilar ko'rsatiladi:

yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, muassislar (qatnashchilar) ro'yxati, ularning manzili va faoliyat turlari; faoliyatning litsenziya talabgori amalga oshirishni mo'ljallayotgan litsenziyalanayotgan turi;

- yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;

- litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko'rib chiqilishi uchun yig'imning litsenziya talabgori to'laganligini tasdiqlovchi hujjat;

- litsenziya talabgori shtatida turgan ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdordagi baholovchilar malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;

- baholovchilarni ishga qabul qilish to'g'risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;

- pul mablag'larining ustav kapitaliga o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (buxgalteriya hisobi to'g'risida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlang'ich hisobga olish hujjatlari nusxalari);

- o'z baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari nusxalari.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-son "Baholash faoliyatini litsenziyalash to'g'risida"gi qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasi ko'rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Natijani olish usullari


Litsenziya berishga qaror qilganligi to`g`risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to`lash muddati ko`rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. (topshiriladi)

Xizmat natijasi


Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa