O'zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to'y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert faoliyatini, shuningdek to'y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko'rsatish uchun ruxsat olish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


O'zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to'y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanish uchun ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

Manzil: Toshkent sh., Navoiy ko'ch., 2



Telefon (+99871) 235-41-15;234-24-28

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori - yuridik shaxs litsenziyalovchi organga qujidagi hujjatlarni taqdim etadi:



  • a)litsenziya berish to’g’risidagi ariza, unda quyidagilar ko’rsatiladi:

  • yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;

  • litsenziya talabgori amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi;

  • b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi;

  • v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasi ko’rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;

  • g) ijrochida musiqa ma’lumoti mavjudligini, uning davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilarni olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar)ning tasdiqlangan nusxalari. Istisno hollarda (alohida iqtidor, talant yaqqol mavjud bo’lganda) Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko’maklashish vakillari guruhi qaroriga ko’ra litsenziya olishga hujjatlar musiqa ma’lumoti mavjudligi to’g’risidagi hujjatlar nusxalarini taqdim qilmasdan qabul qilinishi mumkin.

  • d) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilar repertuari to’g’risidagi ma’lumotnoma;

  • e) litsenziya talabgorining malakasi to’g’risida yanada yaqqolroq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qo’shimcha ravishda mustaqil taqdim etishni xohlaydigan boshqa hujjatlar.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zR Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gasrol-kontsert faoliyatini, shuningdek to'y, yubiley va boshqa tantanalarda kontsert xizmati ko'rsatishni litsenziyalash to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasi ko'rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig'im undiriladi. Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji miqdori har qaysi litsenziya talabgori uchun u amalga oshiradigan konsert-tomosha faoliyati turiga va unga berilgan reyting guruhiga qarab belgilanadi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o'n besh kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.

Natijani olish usullari


Shaxsan; pochta orqali.

Xizmat natijasi


Gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to'y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko`rsatishni litsenziyalash.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida"gi O'zR Qonunining belgilangan asoslar bo'yicha quyidagi sabablarga asosan rad etilishi mumkin:

Litsenziya da'vogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;

Litsenziya da'vogari taqdim etgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi;
Litsenziya da'vogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.Litsenziya da'vogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.


Shikoyat arizasi berish tartibi

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa