Ommaviy axborot vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish (shu jumladan, Veb-sayt)
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Ommaviy axborot vositalari ushbu Nizomning O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari (keyingi o'rinlarda — ro'yxatdan o'tkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Aloqa va axborot texnologiyalari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O'zbekiston matbuot va axborot agentligi

Bog`lanish

Manzil: Toshkent sh., 100129, Navoiy ko’chasi, 30



Telefon: (+998 71) 244-38-85, 244-14-54



E-mail: info@api.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • ariza;

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan tahririyat ustavi (Nizomi) nusxasi;

  • ta'sis shartnomasi;

  • davlat bojining belgilangan miqdori to'langanligi to'g'risidagi bank to'lov hujjati.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori"O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish to'g'risida"2006 yil 11 oktabr, 214-son

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Ommaviy axborot vositalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza yuborish bepul amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ ariza bilan birga barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o'ttiz kundan ortiq bo'lmagan muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazish yoki davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Natijani olish usullari


Arizalarni onlayn qabul qilish, guvohnomani shaxsan olish.

Xizmat natijasi


Ommaviy axborot vositasi uning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma berilgandan keyin davlat ro'yxatidan o'tkazilgan hisoblanadi.

Rad etish sabablari


Ommaviy axborot vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa