Jismoniy shaxslar uchun avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish uchun litsenziya olish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Jismoniy shaxslar uchun avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish uchun litsenziya olish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

Bog`lanish

Manzil: 100128, Toshkent.., Zulfiyaxonim ko`chasi, 3-uy



Ishonch telefoni: +998 (71) 244-29-97



El. pochta: info@uzaart.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo'l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;

  • shtatda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul bo'lgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Agentlik tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo'lishi;

  • litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasi mavjud bo'lishi;

  • avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko'rikdan o'tganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo'lishi;

  • avtomobil transportida yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida yo'lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda qo'yiladigan malaka talablariga muvofiqligi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;

  • tenderlar natijalari bo'yicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida, shu jumladan Toshkent shahrida va Toshkent viloyati doirasida tegishli Departament bilan shartnoma asosida yo'lovchilarni avtomobilda muntazam tashish (yo'nalishli taksilardan tashqari);

  • tashish va yong'in xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik ko'rikdan o'tkazish, texnika xavfsizligini ta'minlash, avtotransport vositalarini yo'lga chiqishdan oldin texnik ko'rikdan o'tkazish va haydovchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish;

  • yangidan olinayotgan va to'ldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qo'shimcha litsenziya kartochkalarining o'z vaqtida olinishi;

  • shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yo'nalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg'asi qo'yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo'lishi.

  • yo'nalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi ko'rinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qo'yiladigan talablarga muvofiqligi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi "Avtomobil transportida yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 138-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasi ko'rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi.



Avtomobil transportida yo'lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.



Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani to'g'risida qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.

Natijani olish usullari


Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.

Xizmat natijasi


Jismoniy shaxslar uchun avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish uchun litsenziyasi.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to'g'risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



Litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to'g'risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko'rsatib o'tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko'rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).



Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa