O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun navbatdan o'tishga onlayn ariza berish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Fuqarolik pasportini yangi biometrik pasportiga almashtirish bo’yicha navbatga qo’yishni so`rab onlayn tarzda murojaat qilish. Ushbu xizmatdan Yagona portaldan ro`yxatdan o`tgan fuqarolar foydalana oladilar. Xizmat Toshkent shahrining barcha tumanlarida ishga tushirilgan.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Fuqarolik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Bog`lanish

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy istiqomat joylaridagi (shahar-tuman) ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Arizachi pasportini skaner nusxasi (yashash manzili ko'rsatilgan beti bilan)

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4262 sonli Farmoni




Xizmat narxi va to`lash tartibi


Xizmat bepul

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 kun ichida.

Natijani olish usullari


Foydalanuvchi xizmat natijasini Yagona portaldagi shaxsiy kabineti orqali oladi.

Xizmat natijasi





O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun foydalanuvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga XChK va FRBga tashrif buyurish vaqti aniq ko'rsatilib yuborilgan xabarnoma

Rad etish sabablari


  • Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;

  • Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;

  • Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa