O’zbekiston Respublikasi hududidagi maxsus joylarga ko’chirilganlik va ushbu joylarda bo’lganlik haqidagi arxiv ma’lumotnomalarni berish.
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


O’zbekiston Respublikasi hududidagi maxsus joylarga ko’chirilganlik va ushbu joylarda bo’lganlik haqidagi arxiv ma’lumotnomalarni berish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Boshqalar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Bog`lanish

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmalarining Axborot markazlari.


O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot markazi - Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko’chasi, 1-uy.


Mo’ljal: metroning «Kosmonavtlar» bekati, «Korzinka» supermarketi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining fuqaroalarni qabul qilish binosi.


Telefon: (+99871) 231-48-58, 231-49-60, 231-37-69, 231-37-57

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


O’zida quyidagi ma’lumotlarni aks ettirgan ariza;



  • ko`chirilib keltirilgan shaxs ma’lumotlari (F.I.O.), tug`ilgan sanasi va joyi, hozirda yashash manzili, O`zbekiston Respublikasi hududidagi qayerdan ko`chirib kelinganligi (tuman, viloyat) shuningdek, ko`chirilib keltirilgan shaxsning yaqin qarindoshlari to’g’risida ma’lumotlar (1937 yildan avval tug’ilgan otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singillar) ham ko’rsatilishi lozim.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida "gi Qonuni.



O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyundagi O’RQ-252 sonli “Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonuni.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-sonli “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g’risida” Qarori.



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasibuyrug’i 23.09.1997 yil 21-son. «O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish bo’yicha xorijdan kelib tushgan so’rovnomalarni ijro qilish tartibi to’g’risida» (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997 yil 5 noyabrda 373-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan)



O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur bo’lgan arxiv ma’lumotnomalarini, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arxiv ma’lumotnomalarini va arxiv hujjatining ko’chirma nusxasini berish bepul amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Ariza topshirilgandan vaqtdan boshlab 15 kun ichida. Qo’shimcha ma’lumotlar talab etilganda 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.

Natijani olish usullari


Xizmatdan foydalanish uchun shaxsan yoki ishonch bildirilgan shaxs orqali shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 10.00 dan 11.00 gacha va soat 15.00 dan 16.00 gacha murojaat etish zarur.

Elektron ariza yuborilgan hollarda, arizachiga tayyor bo’lgan ma’lumotnomani olib ketish uchun O’zbekiston Respublikasi IIVga kelish sanasi va vaqti ko’rsatilgan (SMS) xabar yuboriladi.

Xizmat natijasi


O’zbekiston Respublikasi hududidagi maxsus joylarga ko’chirilganlik va ushbu joylarda bo’lganlik haqidagi arxiv ma’lumotnomani berish.

Rad etish sabablari


Ruxsatnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo’ladi:

-xizmatdan foydalanish uchun murojaat etgan shaxsning yoki boshqa shaxs nomidan ish yuritishga ishonch bildirilgan shaxsning undan foydalanish huquqi mavjud bo’lmasa;

-taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa;

-arizachi taqdim etgan hujjatlarda noto’g’ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

-arizachining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi;

-arizachining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi

Shikoyat arizasi berish tartibi


Jismoniy shaxslar ichki ishlar organlarining qarorlari va harakatlari ustidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa