Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligini tashkil etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligini tashkil etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Tadbirkorlik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

Tanlangan hokimligidan kelib chiqqan holda.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • 3x4 hajmdagi fotosurat;

  • Ariza beruvchining pasporti skaner nusxasi;

  • Bank to'lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to`laganligi haqidagi kvitansiya);

  • Muhr va shtamp chizmalarini skaner nusxasi;

  • Dehqon xo'jaligi uchun yer ajratish to'g'risida Xokim qarorini skaner nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


1 minimal ish haqi miqdorida.

Xizmatni ko`rsatish muddati


2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda.

Natijani olish usullari


Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligini davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnomani, "ro'yxatga olindi" degan yozuv aks ettirilgan ta'sis hujjatlarini, ro'yxatga oluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan muxr va shtamplarning xomaki nusxalarini olish.

Rad etish sabablari


  • Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;

  • Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;

  • Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;

  • Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakati.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa