Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Tadbirkorlik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

Tanlangan hokimligdan kelib chiqqan holda.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  1. Bank to'lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to'laganligi haqidagi kvitansiya);

  2. O'xshash yoki qisman o'xshash nomlanish yo'qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;

  3. Muhr va shtamp chizmalarini skaner nusxasi;

  4. Dehqon xo'jaligi uchun yer ajratish to'g'risida xokim qarorini skaner nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Ikki ish kunidan ortiq bo'lmagan xolda.

Natijani olish usullari


Shaxsan uslubida.Bunda ariza beruvchiga berilayotgan hujjatlar nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinet va elektron pochtasiga jo`natiladi.

Xizmat natijasi


Ro'yxatga oluvchi organ muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxsning davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma, hamda muhr va shtampning eskizlari.

Rad etish sabablari


  • Xizmat reglamentida ko'rsatilgan xujjatlarni taqdim etmaslik;

  • Taqdim etilgan hujjatlarning noaniqligi;

  • Ariza matnida kamsitish va xaqorat iboralari, reklamaning mavjud bo'lishi;

  • Mavjud qonunchilikka qarshi har qanday xatti-xarakatning bo'lishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Murojaat rad etilganda ariza beruvchi yuqori tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat etishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa