Yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo berish uchun arizalarni qabul qilish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Elektron raqamli imzo berish uchun arizalarni qabul qilish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Aloqa va axborot texnologiyalari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi UNICON.UZ

Bog`lanish

Manzil: 100202, Toshkent sh., Bog`ishamol ko`chasi 7a


Telefon: + (998 71) 235-93-29


Faks: + (998 71) 235-93-29


Veb sayt: unicon.uz


E-mail: rc-service@unicon.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Xizmatlardan foydalanish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:



Yuridik shaxslar uchun.



  • Mazkur tashkilotga ERI kalitlari sertifikatlarini ro'yxatdan o'tkazish va ularni olish uchun tashkilotning vakiliga mazkur huquq berilganligi to'g'risida tashkilotning ishonch xati yoki buyrug'i;

  • Tashkilot raxbari tomonidan (shaxsan o'z qo'li bilan) imzolangan va muxr bilan tasliqlangan yuridik shaxsning blankasida belgilangan formada ERI kalitini tayyorlab berish yoki ERI kaliti sertifikatini berish uchun ariza;

  • ERI kalitlari sertifikatlari beriladigan yopiq ERI kalitlari egalarining pasport nusxalari;

  • Yopiq ERI kalitlari egalarining arizachi tashkilotga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari. Shu hujjat sifatida agar shaxs nizom asosida ish yuritsa, nizom, agar shaxs tashkilotning ta'sischili hisoblansa, u holda ta'sis shartnomasining nusxasi, lavozimga o'tkazilganligi to'g'risida qaror, mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki ishonchnoma, kadrlar bo'limidan ma'lumotnoma;

  • Arizachi-tashkilotning, yuridik shaxs sifatida ro'yxatga olinganligi to'g'risida guvohnoma nusxasi;

  • Tashkilot raxbari tayinlanganligi to'g'risida tashkilot buyrug'ining nusxasi;

  • ERI kalitlarini ro'yxatga olish Markazining xizmatni taqdim etish to'g'risidagi shartnomadan 2 nusxa;

  • Shartnoma bo'yicha xizmatlarga to'langanlik to'g'risida to'lov talabnomasining nusxasi

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi




Xizmat narxi va to`lash tartibi


Xizmat ko`rsatish bepul amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


30 kun ichida.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Arizachiga elektron hujjat ko'rinishida va qog'oz shaklidagi hujjat ko'rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlari beriladi.

Rad etish sabablari


Ariza shaklining noto`g`ri to`ldirilishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Tashkilot rahbariga murojaat qilish.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa