Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Aloqa va axborot texnologiyalari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi UNICON.UZ

Bog`lanish

Manzil: 100202., Toshkent sh., Bog`ishamol ko`chasi 7a


Telefon: (+998-71) 235-93-09


Faks: (+998-71) 237-65-05


Veb sayt: erimarkaz.unicon.uz или rc-service.unicon.uz


E-mail: rc-service@unicon.uz, info@unicon.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

1. O'rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti sertifikatini berish bo'yicha to'ldirilgan va o'z qo'li bilan imzolangan ariza;

2. Arizachining pasport nusxasi;

3. Ikki nusxada UNICON.UZ DUK ERI kalitlarini ro'yxatga olish markazi tomonidan xizmat ko'rsatish uchun ariza tomonidan to'ldirilgan va o'z qo'li bilan imzolagan shartnoma;

4. Shartnoma bo'yicha xizmat uchun to'lov to'langanligi kvitantsiyasi yoki to'lov talabnomasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O`zbekiston Respublikasining " Elektron raqamli imzo to`g`risida" 2003 yil 11 dekabr 562-II-sonli qonuni.



O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to`g`risida" 2005 yil 26 sentyabr 215-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Arizalarni qabul qilish xizmati bepul ko`rsatiladi.


ERI kalitlari sertifikatlarini berish xizmati arizani berish muddati xolatiga o'rnatilgan ta'riflarga asosan taqdim etiladi. Arizachilar ta'riflar bilan erimarkaz.unicon.uz yoki rc-service.unicon.uz.saytlari orqali tanishishlari mumkin.

Xizmatni ko`rsatish muddati


30 kun ichida.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi

Arizachiga elektron hujjat ko'rinishida va qog'oz shaklidagi hujjat ko'rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlari beriladi.

Rad etish sabablari


Ariza shaklining noto`g`ri to`ldirilishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


O`rnatilgan tartibda.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa