Seleksiya yutug'iga patent olish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Seleksiya yutug'iga patent olish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Intellektual mulk

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar

Tashkilot

O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

Bog`lanish

O'zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko'chasi, 59


Tel.: +998 (71) 232-50-50, +998 (71) 232-50-42


Faks: +998 (71) 232-50-05


Veb sayt: www.ima.uz


E-mail: interaktiv@ima.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Patent berish haqidagi talabnoma:



- davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat;



- O'zbekiston Respublikasi patentini berish haqidagi seleksiyachi (seleksiyachilar) va kimning nomiga patent so'ralayotgan bo'lsa, ana shu shaxs (shaxslar), ularning turar joyi yoki joylashgan yeriga doir ma'lumotlar ko'rsatilgan ariza, shuningdek seleksiya yutug'i nomi to'g'risida taklifni;



- seleksiya yutug'ining tavsifi (texnikaviy anketasini);



- seleksiya yutug'i namunalarining fotosuratlarini;



- arizachi tomonidan o'tkazilgan seleksiya yutug'i sinovlariga doir hujjatlarni;



- arizachining selektsiya yutug'idan foydalanilmaganligi va u sotilmaganligi hamda uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklaratsiyasini;



- seleksiya yutug'i ustunligini tasdiqlovchi hujjatni (zaruratga qarab);



- talabnoma ishonchli shaxs yoki patent vakili orqali topshirilganida ularga beriladigan ishonchnomani.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


- O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;



- O'zbekiston Respublikasi Qonuni "Seleksiya Yutug'i to'g'risida";



- Seleksiya yutug'iga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko'rib chiqish qoidalar.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Yuborgani uchun - Eng kam ish haqining 1 baravari;



Yangilik ekanligini ekspertizasi uchun - Eng kam ish haqining 1 baravari;



Sinovlarni o'tkazish uchun - Eng kam ish haqining 4 baravari;



Patentni nashr qilish, ro'yxatdan o'tkazish va berish uchun - Eng kam ish haqining 2,2 baravari.

Xizmatni ko`rsatish muddati


2 yildan kam bo'lmagan muddatda

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi

Xizmat natijasi


Xizmat natijasi bo'lib hujjatlar to'plamini ko'rib chiqish uchun qabul qilinganligi to'g'risidagi xabarnoma olish hisoblanadi

Rad etish sabablari


Patentga layoqatlilik shartlariga nomuvofiqligi

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi Agentlik xodimining ro'yxatga olishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek Agentlik mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda o'rnatilgan tartibda shikoyat (Yagona portal orqali) qilish huquqiga ega

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa