Integral mikrosxemalar topologiyalarini (IMT) huquqiy muhofaza qilishga guvohnoma olish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Integral mikrosxemalar topologiyalarini (IMT) huquqiy muhofaza qilishga guvohnoma olish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Intellektual mulk

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar

Tashkilot

O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

Bog`lanish

O'zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko'chasi, 59


Tel.: +998 (71) 232-50-50, +998 (71) 232-50-42


Faks: +998 (71) 232-50-05


Veb site: www.ima.uz


E-mail: interaktiv@ima.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:



- IMTni ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza (TO-1 asosida tasdiqlangan shakl bo'yicha);



- Topologiyani identifikatsiyalaydigan deponirlanuvchi materiallar, shuningdek referat;



- Davlat ekspertizasini o'tkazish uchun belgilangan miqdordagi patentga bojni to'langanligi to'g'risidagi hujjat yoki patent uchun bojni to'lashdan ozod etuvchi huquqni beruvchi hujjat;



- Arizachining ishonchli vakili tomonidan ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza berilayotganida arizaga qo'shimcha ravishda ishonchli vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi vakolat xati ilova qilinishi shart;



- Topologiyaga qarashli arizani ro'yxatdan o'tkazishda agar u tijorat maqsadlarida foydalanilgan bo'lsa va Agentlikka topshirilishdan oldingi muddatlarda sodir etilsa, qo'shimcha ravishda tijorat maqsadlarida ushbu tolologiyaning birinchi foydalanilgan sanasini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


- O’zbekiston Respublikasi Qonuni "Integral mikrosxemalar topologiyalarini (IMT) huquqiy muhofaza qilish to'g'risida";



- Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini o'tkazish tartibi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Eng kam ish haqining 2,4 baravari miqdorida to'lov summasi undiriladi

Xizmatni ko`rsatish muddati


2 oy muddatda

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi

Xizmat natijasi


Xizmat natijasi bo'lib hujjatlar to'plamini ko'rib chiqish uchun qabul qilinganligi to'g'risidagi xabarnoma olish hisoblanadi

Rad etish sabablari


"Integral mikrosxemalar topologiyalari to'g'risida" Qonunning 8-modda 2-bandida o'rnatilgan talablarga arizachi tomonidan rioya qilinmagan taqdirda arizani ro'yxatga olish Agentlik tomonidan rad etiladi

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi Agentlik xodimining ro'yxatga olishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek Agentlik mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda o'rnatilgan tartibda shikoyat (Yagona portal orqali) qilish huquqiga ega

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa