Respublika hududiga qurilmalarni olib kirish va radiochastota polosalarini ajratishga buyurtmalarni elektron raqamli imzoni qo'llagan holda qabul qilish va buyurtmachilarga buyurtmalar harakati jarayonini kuzatish imkoniyatini berish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Ishlab tayyorlanayotgan (zamonaviylashtirilayotgan), ishlab chiqilayotgan va chet eldan sotib olinayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish haqida Radiochastotalar bo'yicha respublika kengashi qarorining qabul qilinishi.



O'zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati haqida Radiochastotalar bo'yicha respublika kengashi qarorining qabul qilinishi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi








O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari shu jumladan O'zbekiston hududida qo'llash uchun radioelektron tizimlar va vositalarni, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida bo'lgan dengiz, havo kemalari va kosmik apparatlar, boshqa davlatlarning sun'iy yer yo'ldoshi orqali ishlovchi yer stansiyalarini ishlab tayyorlovchi, ishlab chiquvchi va chet eldan olib kiruvchi, shuningdek ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarini olib borishda qaysi mulk shakliga hamda vosita va qurilmalarga tegishliligidan qat'inazar qabul qiluvchi- uzatuvchi radioqurilmalardan foydalanuvchi chet el, shuningdek xorijiy, hamda diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlar konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bog`lanish

Manzil; 100047, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 4, 5-blok



Telefonlar: +998 (71) 238-43-24, +998 (71) 238-41-79, +998 (71) 238-43-11, +998 (71) 238-43-50



Faks + 998 (71) 238-43-24



e-mail: orirchs@mitc.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Buyurtmachilar tomonidan Radiochastotalar bo`yicha respublika kengashi ishchi organi - O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiga xat va tushuntirish xatidan iborat buyurtma taqdim etiladi.



Xat radiochastota polosalari so'ralayotgan radioelektron vositasi va yuqori chastotali qurilmaning maqsadi (ishlatilish sohasi, xizmat zonasi), uni kim tomonidan va qaysi rayonlarda ishlatilishi haqidagi qisqacha izoh bilan, so'ralayotgan radiochastota polosalari (nominallari)ni ko'rsatgan holda ixtiyoriy shaklda yoziladi.



Tushuntirish xatida quyidagilar ko'rsatiladi:



a) radioelektron vositalar uchun – to'liq taktik-texnik ma'lumotlar (bundan keyin- TTM) va aloqani tashkil etish chizmasi. TTM shakli www.ccitt.uz saytida, shuningdek «Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O'zbekiston Respublikasida ishlab tayyorlash (zamonaviylashtirish), ishlab chiqarish va chet eldan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi to'g'risida»gi nizom ilovasida (O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2004-yil 20-avgustda 1399-1-raqam bilan ro'yxatga olingan) taqdim etilgan;



b) yuqori chastotali qurilmalar uchun – yuqori chastotali qurilmalar bo'yicha asosiy ma'lumotlar ro'yxati.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Radiochastotalar bo'yicha respublika kengashining qarori va javob xatlarini olish bepul amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Radiochastotalar bo`yicha respublika kengashining qarori chegaradosh davlatlar bilan kelishishni talab qilmaydigan radioelektron vositalar uchun - radiochastota buyurtmasi kelib tushgan kundan 30 ish kuni muddatida, chegaradosh davlatlar bilan kelishishni talab qiladigan bo'lsa – 120 kunda tayyorlanadi.

Natijani olish usullari


Shaxsan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinet orqali, yoki elektron pochta orqali

Xizmat natijasi


Ishlab tayyorlanayotgan (zamonaviylashtirilayotgan), ishlab chiqarilayotgan va chet eldan sotib olinayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish;



O'zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsat berish.

Rad etish sabablari


Davlat xizmatlarini ko'rsatishni rad etishga asos bo'lib quyidagilar hisoblanadi:



- murojaat qilgan shaxsning xizmatdan foydalanish huquqiga ega emasligi, yoki boshqa shaxs nomidan faoliyat yuritishga vakolati yo'qligi;



- hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiq emasligi (ro'yxatning to'liq emasligi, shaklning noto'g'ri to'ldirilganligi);



- taqdim etilgan hujjatlarda haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarning mavjudligi;



- xizmatdan foydalanishga murojaat qilgan shaxsning belgilangan talablarga mos emasligi;



- so'ralayotgan radiochastota polosalari (nominallari)ning bandligi;



- radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar texnik parametrlarining respublikada belgilangan talab va normalarga mos kelmasligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Buyurtmachi sifatsiz xizmat ko'rsatilgani yuzasidan Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo'limiga, O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi rahbariyatiga, yuqori tashkilotlarga, sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa