Radiochastotalar bo'yicha respublika kengashi qarorlari ma'lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan izlash
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Radiochastotalar bo’yicha Respublika kengashi (keyinchalik - Kengash) qarorlari, shu bilan birga ishlab tayyorlanayotgan (zamonaviylashtirilayotgan), ishlab chiqilayotgan va chet eldan sotib olinayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va O’zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish haqidagi qarorlarning matnlari taqdim etish.



Kengash O’zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish masalalari yuzasidan Kengash qarorlar qabul qiladi – radiochastota polosalarini rejalashtirish, taqsimlash, himoya qilish va foydalanish, radioelektron vositalar (REV)ning nurlatishlar va qabuli parametrlari me'yorlari, industrial radioxalaqitlarning ruxsat etilgan qiymatlarini ta’minlash, Elektromagnit moslashuvi va REVning radiochastotalarni o’zlashtirishdagi halqaro-huquqiy himoyasi va Kengash vakolatiga tegishli boshqa masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi. Shuningdek, Kengash ishlab tayyorlanayotgan (zamonaviylashtirilayotgan), ishlab chiqilayotgan va chet eldan sotib olinayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va O’zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar (Radiochastota spektridan foydalanuvchilar) murojaatlarini ko’rib chiqib, qarorlar qabul qiladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Aloqa va axborot texnologiyalari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bog`lanish

Manzil: Toshkent sh., 100047, Amir Temur shoh ko'chasi, 4, 5-blok


Telefonlar: +998 (71) 238-43-24, +998 (71) 238-41-79, +998 (71) 238-43-11, +998 (71) 238-43-50


Faks +998 (71) 238-43-24


E-mail: orirchs@mitc.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi.



Xizmat sahifasi Kengash Qarorlarini qulay izlash va ishlash uchun vositalar to'plamidan iborat.



Foydalanuvchilar tomonidan muhim so’zlar va Qaror raqamini izlashni amalga oshirish uchun shartlar beriladi, izlash natijalari ekranda aks ettiriladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Ma'lumotlar olish bepul amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Ma'lumot so'rov yuborilgan zahoti taqdim etiladi.

Natijani olish usullari







O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiveb-sahifasi http://mitc.uz tegishli sahifalari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali http://my.gov.uz orqali.

Xizmat natijasi





Kengash tomonidan qabul qilingan Qarorlar matnlari bilan tanishib chiqish.

Rad etish sabablari


Mavjud emas.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Buyurtmachi sifatsiz xizmat ko'rsatilgani yuzasidan Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo'limiga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatiga, yuqori tashkilotlarga va sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa