Tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi

Bog`lanish

Oʻzbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent sh., Shayxontoxur tumani, Navoiy koʻchаsi, 12



Telefon: +998 (71) 241-18-01, 241-10-67

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Yagona portalda roʻyxatdan oʻtib, davlat organi tanlanadi va ariza shakli toʻldiriladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29 mart 2012-yildagi «Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 92-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etish bepul hisoblanadi.



Toʻlovning boshqa turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya (litsenziya bitimi) berish yoki rad etish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalash organi tomonidan arizani qabul qilinganda 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

Natijani olish usullari


Agar ariza xizmatning barcha talablariga javob bersa, Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining javobgar xodimi arizachi bilan elektron pochta yoki telefon orqali bogʻlanadi.

Xizmat natijasi


Arizachi tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron arizani Internet orqali toʻldirish hamda Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasiga taqdim etish.

Rad etish sabablari


Litsenziya berishni rad etish «Faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida koʻzda tutilgan sabablarga asosan yuritiladi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi litsenziyalash organining qaroridan norozi boʻlib shuningdek qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda faoliyat koʻrsatmayotgan litsenziyalash organining xodimlari ustidan shikoyat arizasi berish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa