Shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash uchun ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

Shtrixli kodlashtirish markazi


Direktor: Rafikov Marat Rafikovich


100049, Toshkent sh., Forobiy ko'chasi, 333 «A»


Telefon: (998-71) 150-27-16,


Ishonch telefoni : (998-71) 150-27-16


Faks: (998-71) 150-27-16


El. pochta: shkmarkaz@inbox.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Yagona portalda ro’yxatdan o’tib, davlat organi tanlanadi va ariza formasi to’ldiriladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston respublikasi prezidentining Qarori tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (o'zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 16-son, 178-modda)



O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining Qarori O'zbekiston respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to'g'risida (o'zbekiston respublikasi hukumatining qarorlari to'plami, 1999 y., 9-son, 56-modda; o'zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2003 y., 1-2-son, 9-modda; o'zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 37-38-son, 378-modda)



O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining Qarori Vazirlar mahkamasining «mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qaroriga o'zgartirishlar kiritish haqida (o'zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 17-son, 225-modda)

Xizmat narxi va to`lash tartibi


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2004, 318 raqamli qaroriga binoan shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash va arizachiga taqdim etish xizmatlariga haq to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar va shartnomada ko’rsatilgan shtrixli kodlarning miqdori bo’yicha amalga oshiriladi. №19-03-22-05-О’zR-27-2014, Binoan bitta mahsulot uchun shtrixli kodning narxi 12885 so’m tashkil etadi, belgilangan tartibda o’zgatirishlar kiritilishi mumkin.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash xizmati uchun belgilangan haq 100% to’langan vaqtdan boshlab Shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash boshlanadi.



Shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash muddatlari, mahsulotlar miqdoriga qarab belgilanadi.



1-10 mahsulotlar – 1 ish kuni ;



10-50 mahsulotlar – 5 ish kuni ;



50 va ortiqroq mahsulotlar uchun 10 ish kuni

Natijani olish usullari


Yagona Portal orqali va shaxsan tashrif buyurish tartibida

Xizmat natijasi


Arizachiga shtrixli kodlarni avtomatik identifikatlashtirish talablariga mos keluvchi raqamli axborot tashuvchi vositalar (ayni vaqtda CD-R disklar)ga yozilgan holatda shtrixli kodlarning original-maketi beriladi.

Rad etish sabablari


•Taqdim etilgan ma’lumotlarni o’rnatilgan talablarga javob bermasligi;



•Xizmat uchun shartnoma va hisob – varaqa asosida to’lov amalga oshirilmaganligi;

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat uchun va mas'ul hodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa