Yuridik shaxslar tomonidan mahsulotlar, xizmatlar va sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlash sohasida akkreditatsiyadan o’tkazishga ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Yuridik shaxslar tomonidan mahsulotlar, xizmatlar va sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlash sohasida akkreditatsiyadan o’tkazishga ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

Bog`lanish

Manzil: 100049, Toshkent sh.,Forobiy ko'chasi, 333 «A»



Telefon: (998-71) 246-17-63
(998-71) 242-49-43



El. pochta: uzst@standart.uz



Ishonch telefoni : 150-23-00

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Yagona portal orqali arizalarni qabul qilish – bepul xizmat.



Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o’kazish va audit o’tkazish xizmat ko`rsatish uchun O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan №19-03-22-05-O'zR-9-2014 19.02.2014 yil deklaratsiya qilingan me’yorda haq undirriladi, va bu me’yorlar qonunda belgilangan tartibda o'zgartirilishi mumkin.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Yagona portal orqali Ariza va hujjatlar taqdim etilgandan keyin 3 kun ichida, Arizachiga hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish xizmati uchun shartnoma, yoki asoslangan rad javobi yo’llanadi.

Natijani olish usullari


Yagona portal orqali va shaxsan tashrif buyurish tartibida.

Xizmat natijasi


Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishga shartnoma.

Rad etish sabablari


  • Yuridik shaxs huquqi to`g`risidagi ma'lumoti mavjud bo`lmasa;

  • Malakali va maxsus tayyorgarlikga va attestatsiyadan o`tgan xodimlarga ega bo`lmasa;

  • Amalda sifatni boshqarish tizim mavjud bo’lmasa;

  • Tekshiruv o`tkazilayotgan obyektning, ishlab chiqaruvchilardan, ta’minotchilardan va iste’molchilardan mustaqilligi tasdiqlanmasa;

  • Tekshiruv o`tkazilayotgan obyektni normativ hujjatlari mavjud bo`lmasa;

  • Nazorat organlari va akkreditatsiya laboratoriyalari bilan hamkorlik haqida kelishuv bo`lmasa (Mahsulotni sertifikatlashtirish bo`yicha organlar uchun).

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi, uning arizasi ko’rib chiqilishi natijasidan qoniqish hosil qilmagan holda, Uzstandart agentligiga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa