16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish uchun elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ijtimoiy himoya

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Nogironlar va ularning qonuniy vakillari.

Tashkilot

Bog`lanish


Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent sh., Yunusobod t-ni, Mustaqillik maydoni, 5



Telefonlar: (+998 71) 239-88-22, 239-88-31



Faks: (+998 71) 239-88-22, 239-17-94

Xizmat narxi va to`lash tartibi





Xizmat bepul ko'rsatiladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Tibbiy xulosa berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining vakolatli xodimi tomonidan ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

Natijani olish usullari


Foydalanuvchi (nogiron yoki ularning qonuniy vakili) tibbiy xulosani olish uchun bosh, ixtisoslashgan, tumanlararo, tuman (shahar) «Tibbiy-mehnat ekspert kommisiya»siga xabarnomada ko’rsatilgan vaqt mobaynida murojaat qilishlari va 7 ish kunidan oshmagan muddatda tibbiy xulosani olishi lozim. Ko’rsatilgan muddat davomida olib ketilmagan tibbiy xulosa o’z kuchini yo’qotadi va qonuniy kuchga ega bo’lmagan deb hisoblanadi.

Xizmat natijasi


16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosasini olish xizmatning natijasi hisoblanadi.

Rad etish sabablari


  • Nogironni protez-ortopediya mahsulotlarini va reabilitatsiya texnika vositalari bilan ta’minlash uchun tibbiy ko’rsatmaning yo’qligi.

  • Xizmat ko’rsatishga murojaat qilgan shaxsning uni olishga huquqi yo’qligi yoki boshqa bir shaxs nomidan harakat qilish vakolati yo’qligi.

  • Hujjatlarning o’rnatilgan tartibga nomutanosibligi (ro’yhatning to’liq emasligi, hujjatning noto’g’ri to’ldirilishi).

  • Taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqiqatga to’g’ri kelmasligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi





Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat va mas'ul xodimning e'tiborsizligi yuzasidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaatnoma yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa