16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ijtimoiy himoya

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Nogironlar va ularning qonuniy vakillari.

Tashkilot

Bog`lanish


Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent sh., Yunusobod t-ni, Mustaqillik maydoni, 5



Telefonlar: (+998 71) 239-88-22, 239-88-31



Faks: (+998 71) 239-88-22, 239-17-94

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Xizmat bepul ko'rsatiladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Order berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining vakolatli xodimi tomonidan ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

Natijani olish usullari


Foydalanuvchi (nogironlar yoki ularning qonuniy vakili) orderni olish uchun bosh, ixtisoslashgan, tumanlararo, tuman (shahar) «Tibbiy-mehnat ekspert komissiya»lariga xabarnomada ko’rsatilgan muddat ichida murojaat qilishlari va 7 ish kuni mobaynida orderni pasportni taqdim etish orqali olib ketishlari shart. Ko’rsatilgan muddat ichida olib ketilmagan order o’z kuchini yo’qotadi va qonuniy kuchga ega emas deb hisoblanadi.

Xizmat natijasi


16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari xizmatning natijasi hisoblanadi.

Rad etish sabablari


• Reabilitatsion markaz faoliyatiga to’g’ri kelmasligi (nogironning o’ta og’ir kasallik bilan og’rishi yoki reabilitatsion markazda shunday kasalliklarni aniqlovchi tarmoqlarga mos kelmasligi).



• Xizmat ko’rsatishga murojaat qilgan shaxsning uni olishga huquqi yo’qligi yoki boshqa bir shaxs nomidan harakat qilish vakolati yo’qligi.



• Hujjatlarning o’rnatilgan tartibga nomutanosibligi (ro’yxatning to’liq emasligi, hujjatning noto’g’ri to’ldirilishi).



• Taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqiqatga mos kelmasligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat va mas'ul xodimning e'tiborsizligi yuzasidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaatnoma yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa