Qurilish uchun ruxsatnoma so`rab elektron ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar taqdim etish uchun elektron ariza yuborish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ko`chmas mulk

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

O'zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent Sh., Abay ko'chasi 6


Tel.: (+998 71) 244-15-95 (Devonhona),


Faks: (+998 71) 244-05-76

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Yagona portaldagi ariza shaklini to`ldirish, qurilish obyekti nomi, qurilish rejalashtirilayotgan (hudud, shahar, tuman, mahalla, ko`cha), yer uchastkasi o`rni (manzili) ni ko`rsatish, shuningdek quyidagi hujjatlarning (skaner yoki rasm) shaklini yuklash:



1) loyiha hujjatlari bo`yicha ekspertiza organlarining ijobiy yig`ma ekspert xulosasi;



2) Qoraqalpog`iston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo'mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi protokolining nusxasi;



3) arxitektura va qurilish organlari bilan kelishilgan obyekt rejasi va fasadining eskizi yoki uzun obyektlar uchun - trassaning bosh rejasi (sxemasi);



4) xavfli ishlab chiqarish obyektlari bo`yicha - loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi bo`yicha ekspertizasining ijobiy xulosasi;



5) qurilish-montaj ishlarining alohida litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishda - pudrat tashkiloti litsenziyasining nusxasi;



6) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq qurilayotgan obyektlar uchun - loyihaning tasdiqlanayotgan bosqichi yuzasidan ekspertiza organlarining ijobiy yig’ma ekspert xulosasi;



7) obyektni loyihalash bilan bir vaqtning o`zida qurishda - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori;



8) qurilishni tanlov savdolari o'tkazmasdan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirishda - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining obyektlarni qurish yoki mukammal ta'mirlash masalasi bo`yicha qarori nusxasi.



9) O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan mukammal qurish va (yoki) mukammal ta'mirlash obyektlarining manzilli ro`yxati;



10) tanlov savdolari natijalari to`g`risidagi protokol (mavjud bo'lsa)

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Yagona portal orqali qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar taqdim etishga arizani qabul qilish qiymati ko`rsatilmagan.



Shuningdek qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar taqdim etish bepul.



Davlat yig’imi miqdori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2013 yildagi 150-son Qarori asosida aniqlanadi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


1 ish kunida.

Natijani olish usullari


Hujjatlar ko'rib chiqilganligi va qayta ishlanganligihaqidagi natija Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi. Bundan tashqari tizim avtomatik tarzda arizachiga uning arizasiga javob qabul qilinganligi haqida SMS xabarnoma yuboriladi

Xizmat natijasi


Yagona portal orqali arizani ko'rib chiqish natijasi ko'rsatilgan javob xati qabul qilish

Rad etish sabablari


Davlat xizmatlari taqdim etishning rad etilishining asosiy sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:



  • Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va materiallar reglamenti buzilgan yoki to'liq bo'lmagan holda taqdim etilganda;

  • taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma'lumotlar mavjud bo'lganda;

  • taqdim etilgan hujjatlar va materiallar 4.1 punkiti shartlarini qoniqtirmagan taqdirda;

  • taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni ko'rib chiqish davomida qonunchilik normalari buzilishlari aniqlanganda;

  • Qonunda ko’rsatilgan boshqa taqiqlashlar.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi arizani ko'rib chiqish bo`yicha ko`rsatilgan sifatsiz xizmat, shuningdek muassasa mansabdor shaxsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa