Toshkent shahrida yo'lovchilarni avtomobil transportida tashishga litsenziya olish uchun ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Toshkent shahrida yo'lovchilarni avtomobil transportida (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomashinalar) tashishga litsenziya olish uchun ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Litsenziya talabgori - yuridik shaxs.

Tashkilot

Toshkent shahar Hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., A.Temur shoh ko'chasi, 6.


Telefon: +998 (71) 233-90-69, 233-79-80


Faks: +998 (71) 233-78-23


E-mail: info@tashkent.uz


Veb sayt: www.tashkent.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:



  • Yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.

  • Mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmatining texnik jihatdan soz ekanligi to'g'risida belgi qo'yilgan avtotransport vositasi texnik pasporti yoki avtotransport vositalari guruhining texnik ko'rikdan o'tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi.

  • Litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko'rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish yohud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy va texnik ko'rikdan o'tish imkoniyati berilishi to'g'risidagi shartnoma nusxasi mavjudligi haqidagi ma'lumotlar.

  • Litsenziya talabgori tomonidan ariza ko'rib chiqish uchun yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgorining arizasini ko'rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 ish kuni.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etilganligi to'g'risida qaror qabul qilinganligi haqida javob olish.

Rad etish sabablari


  • Litsenziya da'vogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi.

  • Litsenziya da'vogari taqdim etgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi.

  • Litsenziya da'vogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa