Shartnomalar asosida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini hamda fuqarolarning xonadonlarini qo'riqlash uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Respublika "Qo'riqlash" birlashmasining shartnomalari asosida:



  • Jismoniy shaxslarning mulki va fuqarolarning xonadonlarini texnik qo'riqlash Punktiga qabul qilish.

  • Yuridik shaxslarning mulkini texnik qo'riqlash Punktiga qabul qilish va mulkni qo'riqlamasdan turib "Xavf" (xavf tugmasi) signali bo'yicha xizmat ko'rsatish.



Xizmatning sohaga tegishliligi

Fuqarolik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy yoki yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Bog`lanish

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Respublika "Qo'riqlash" birlashmasi


Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100060, Toshkent sh., Mirobod t-ni, S.Baraka k-si, 52-а uy.


Telefon: +998 (71) 202-45-19, 202-45-20, 236-23-70


Faks: +998 (71) 233-18-29


E-mail: ohrana@mvd.uz, info@mvd.uz


Veb sayt: www.mvd.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Jismoniy shaxslarning mulki va fuqarolarning xonadonlarini texnik qo'riqlash Punktiga qabul qilish uchun:





  • Jismoniy shaxsning pasporti nusxasi;





  • Jismoniy shaxsning uyga egalik huquqini beruvchi hujjati.





Yuridik shaxslarning mulkini texnik qo'riqlash Punktiga qabul qilish va mulkni qo'riqlamasdan turib "Xavf" (xavf tugmasi) signali bo'yicha xizmat ko'rsatish uchun:





  • Yuridik shaxs rahbarining pasport nusxasi;





  • Rahbarlikka tayinlanganligi to’g’risidagi buyruqdan nusxa.



Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Mulkni va fuqarolarning xonadonlarini qo'riqlash xizmatlari uchun to'lov O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Narxlar (tariflar) deklaratsiyasiga muvofiq undiriladi. To'lov qiymati shartnomada ko'rsatiladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 ish kuni.

Natijani olish usullari


Xabarnoma Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Ob'yektning texnik holatini tekshirish aktini tuzish uchun ob'yektga qo'riqlash xizmatining xodimini kelish kuni va vaqti to'g'risidagi xabarnomani olish.



Qo'riqlash xizmatining xodimi ob'yektga kelganidan so'ng ob'yektning texnik holati va qo'riqlash signalizatsiyasining holatini zarur bo'lsa qo'shimcha ravishda mustahkamlash maqsadida tekshirish aktiga muhim tadbirlar va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari kiritiladi. Muddat o'tganidan keyin qo'riqlash xizmati xodimi ob'yektni qayta tekshiradi. Agar barcha kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lsa, u EATTga telefon raqamni krossirovka qildirish arizasini taqdim etadi. Shu bilan birga ikki tomonlama shartnoma ham tuziladi.

Rad etish sabablari


• Shahar telefon aloqasining yo'qligi.



• Texnikaviy tekshirish aktida qayd etilgan o'rnatilgan talablarni bajarilmasligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa