Noshirlik faoliyatini litsenziyalash uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Noshirlik faoliyatini litsenziyalash uchun elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O'zbekiston matbuot va axborot agentligi

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100129, Toshkent sh., Navoiy k-si, 30-uy.


Telefon: +998 (71) 244-37-56


Faks: +998 (71) 244-14-54


E-mail: info@api.uz


Veb sayt: www.api.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


• Yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.



• Ariza ko'rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.



• Faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalari to'g'risidagi ma'lumotlar.



• Yuridik shaxs xodimlarida tegishli oliy yoki o'rta maxsus ma'lumotning va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma'lumot to'g'risidagi hujjatning va mehnat daftarchasining nusxasi).

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Arizachining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan to'lov kunidagi eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig'im undiriladi.



Noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun to'lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o'n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.



Bolalar adabiyotlari, normativ ma'lumotnomalar, ilmiy-texnika adabiyotlari, ma'lumotnoma-qomusiy kitoblar, shuningdek nogironlar uchun mo'ljallangan adaboyotlar nashr etishga ixtisoslashayotgan nashriyotlar davlat bojini belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida to'laydilar.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Elektron ariza va kerakli hujjatlar olingan kundan boshlab 30 kundan oshmaydigan muddatda.

Natijani olish usullari


Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani to'g'risidagi bildirishnoma bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to'lash muddati ko'rsatilgan holda Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Arizachi tomonidan davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda litsenziyani olish.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa