Standart namunalarni attestatlash va o'lchash vositalari Davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazish uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Standart namunalarni (SN) attestatlashga shartnoma olish va o'lchash vositalari Davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazish uchun "O'zstandart" Agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti (SMSITI)ga elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti (SMSITI)

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100059, Toshkent sh., Cho`pon ota k-si, 9 v.


Telefon: +998 (71) 250-15-00


Faks: +998 (71) 253-71-34


E-mail: info@smsiti.uz


Veb sayt: www.smsiti.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Xizmat uchun to'lov metrologiya, normativ va texnik hujjatlarning metrologik ekspertizasi sohasidagi ilmiy-tekshiruv ishlarini o'tkazish bo'yicha mehnat hajmi kalkulyatsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


2 ish kuni ichida arizachi shartnoma loyihasini oladi.

Natijani olish usullari


Shartnoma Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Shartnoma olish.

Rad etish sabablari


  • Ariza shakli noto'liq yoki noto'g'ri to'ldirigan bo'lsa.

  • Taqdim etilgan hujjatlar amaldagi talablarga javob bermasa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa