Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Tadbirkorlik subyektlari - yuridik va jismoniy shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100003, Toshkent sh.,


Chilonzor t-ni, O'zbekiston shohko'chasi, 3 uy.


Telefon: +998 (71) 120-76-00 (5321)


Faks: +998 (71) 120-76-41


E-mail: info@customs.uz


Veb sayt: www.customs.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Ariza (ko'chirib olish).

  • "Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi to'g'risida"gi nizomga muvofiq to'ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD).

  • Tuzilgan davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni topshirish dalolatnomasi.

  • Majburan sertifikatlanadigan tovarlarga nisbatan - sertifikat.

  • Boshqa davlat organlarining, agar tovarlar ushbu organlar nazoratiga olingan boʻlsa, ruxsatnomasi.

  • Tovarlarga bo'lgan yuk va tovarlarga oid hujjatlar (yukxatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisobvaraq-fakturalar va sh.k.).

  • Baholovchi tashkilotning baholari haqidagi hisobot.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 kalendar kuni.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga, raqami va sanasi ko'rsatilgan ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etilgani haqida xabarnoma olish.





Xabarnoma olinganidan soʻng, arizachi BYuD (44-ustun, 6-band)da ruxsatnoma raqami va olingan sanasini shartli ravishda koʻrsatgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi ostida rasmiylashitirlgan elektron deklaratsiyani taqdim etadi.

Rad etish sabablari


  • Ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq bo'lmasa.

  • Arizada noto'liq, ishonchsiz yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar bo'lsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa