Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Tadbirkorlik sub'yektlari - yuridik va jismoniy shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100003, Toshkent sh.,


Chilonzor t-ni, O'zbekiston shohko'chasi, 3 uy.


Telefon: +998 (71) 120-76-00 (5306)


Faks: +998 (71) 120-76-41


E-mail: info@customs.uz


Veb sayt: www.customs.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish haqida ruxsatnoma olish uchun ariza (ko'chirib olish) yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun ariza (ko'chirib olish).

  • Kontrakt (shartnoma, kelishuv).

  • Tovarlarni qayta ishlash uchun transport va transport vositasiga tegishli bo'lgan hujjatlar (naklodnoy, konosamentlar, o'ziga xos xususiyatlari, hisob-fakturalar va sh.k.).

  • Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asosi (agar qayta ishlash ustav fondida davlat ulushi bo'lgan korxona tomonidan bajarilayotgan bo'lsa, TIA Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilishi lozim).

  • Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfatiga zarar yetkazmaganligi haqida vakolatli organning xulosasi (agar qayta ishlash ustav fondida davlat ulushi bo'lgan korxona tomonidan bajarilayotgan bo'lsa).

  • Alohida xususiyatga ega bo'lgan tovarlar ro'yxatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Ruxsatnomani berish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bojxona yig'imlari stavkalari to'g'risida" qaroriga asosan 150 yevro ekvivalentidagi pul mablag'i undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


30 kalendar kuni.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to'g'risida xabarnoma olish.





Xabarnoma olinganidan soʻng, arizachi BYuD (44-ustun, 8-band)da ruxsatnoma raqami va olingan sanasini shartli ravishda koʻrsatgan holda bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida rasmiylashitirlgan elektron deklaratsiyani taqdim etadi.

Rad etish sabablari


  • Ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq bo'lmasa.

  • Ishonchsiz, buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar bo'lsa yoki talab etilgan hujjatlar taqdim etilmasa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa