Vaqtinchalik chet elga chiqish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini olishga anketani rasmiylashtirish
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida




Vaqtinchalik chet elga chiqish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini olishga anketani rasmiylashtirish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Fuqarolik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va respublika hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar - jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Bog`lanish

O‘zbekiston Respublikasi IIV XChKvaFRB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB hamda Toshkent shahar IIBBning tuman IIBlaridagi xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari.


Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100021, Toshkent sh., O'zbekiston shox k-si, 49-A uy.


Telefon: +998 (71) 231-37-10, 232-65-70


E-mail: uvviog@mvd.uz, info@mvd.uz


Veb sayt: www.mvd.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Vaqtinchalik chet elga chiqish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini rasmiylashtirish uchun doimiy ro'yxatda turgan joylari bo'yicha XChKvaFR bo'linmasiga Yagona portla orqali o'rnatilgan tartibda to'ldirilib, chop etiladigan maxsus shakldagi ariza-anketa (yuklab olish) taqdim etiladi. Arizachi chop etilgan arizani ish va o'qish joyida, ishsizlar esa fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarida tasdiqlatadi hamda ilovaga muvofiq (yuklab olish) qolgan zarur hujjatlar bilan birgalikda doimiy ro'yxatda turgan joylari bo'yicha XChKvaFR bo'linmasiga shaxsan murojaat etgan holda taqdim etadi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi




Xizmat narxi va to`lash tartibi


Vaqtinchalik chetga borishga ruxsatnoma olish uchun eng kam oylik ish haqqining 50% miqdorida davlat boji undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Doimiy ro'yxatda turgan joylari bo'yicha XChKvaFR bo'linmasi:



  • Fuqaroning murojaatini 15 ish kuni mobaynida ko'rib chiqadi va chet elga chiqish huquqiga cheklovlar uchun asos bo'lmagan taqdirda uning pasportiga stiker yopishtiradi.

  • Amal qiladigan stiker haqiqiy bo'lmagan pasportdan yangi pasportga ko'chirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati - 7 ish kunida.

  • Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqarolarga, ular ishlaydigan tashkilotlarining mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, chet elga chiqish huquqini cheklashlar uchun asos bo'lmagan taqdirda, stikerni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni ko'rib chiqish muddati - 10 ish kunida.

  • O'zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish zaruriyatini, og'ir kasallik holatlarini yoki yaqin qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lganda fuqaroga va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos bo'lmagan taqdirda - 5 ish kuni.













Natijani olish usullari


Shaxsan. Har kuni soat 9-00 dan 20-00 ga qadar (dam olish va bayram kunlaridan tashqari).

Xizmat natijasi


Vaqtinchalik chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini olish ucun ariza-anketasini to'ldirish va chop etish.

Rad etish sabablari


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O'zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 1995 yil 6 yanvardagi 8-son qarorining "Chet elga borish huquqidagi cheklashlar" III bo'limiga muvofiq.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa