Davlat o’rmon fondi hududidagi o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish (O‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlash (to‘plash))
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Davlat o’rmon fondi hududidagi o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish (O‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlash (to‘plash)).




Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo‘jaligi vazirligi

Bog`lanish

Manzil: 100004 Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 4-uy


Telefonlar: +998 (71) 241-00-03, +998 (71) 241-00-42


Faks: +998 (71) 244-23-98, +998 (71) 244-23-97


E-mail: info@agro.uz


Web-sayt: www.agro.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi


O'simlik dunyosi obyektlarini g'amlashga (to'plashga) ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza ko'rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 0,1 koeffitsienti miqdorida, tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan 0,2 koeffitsienti miqdorida va xorijiy fuqarolardan — 10 AQSh dollari miqdorida yig'im undiriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi "O'simlik dunyosi obektlaridan foydalanish va o'simlik dunyosi obektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risida"gi 290-sonli qaroriga muvofiq.

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 ish kuni davomida.

Natijani olish usullari


Xabarnoma foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan telefon raqamiga va/yoki elektron pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Arizachiga ruxsatnoma berilishi to'g'risida xabarnoma.

Rad etish sabablari


Xizmat haqqi to'lanmaganda. Noto'g'ri yoki to'liq to'ldirilmagan ma'lumotlar kiritilganda. Tabiatdan foydalanishga ruxsat etish talablari va shartlariga nomuvofiqligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi murojaati noqonuniy rad etilganda javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta, shuningdek shaxsan tashrif buyurish orqali shikoyat qilishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxslar qabul qilingan qarordan norozi bo'lgan taqdirda, davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs tomonidan qayerga va qanday murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot berilishi lozim.



Davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs murojaat bo'yicha qabul qilingan qaror natijasi ustidan nazorat olib borishga majburdir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa