Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Umumiy ovqatlanish korxonalari bor yuridik shaxslar.




Tashkilot

Toshkent shahar hokimligi

Bog`lanish

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Umumiy ovqatlanish korxonasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi

  • Ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza berish vaqtiga kelib eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Agar ustav fondi pul shaklida shakllantirilgan bo‘lsa — bu to‘g‘ridagi tasdiqlovchi hujjat xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan beriladi.Ustav jamg‘armasi boshqacha mulk bilan shakllantirilgan taqdirda ushbu mulkka egalik huquqini, uning qiymatini va uning ustav fondiga kiritilishini tasdiqlovchi hujjat.

  • Xizmat ko‘rsatuvchi bankning bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.

  • Arizada ko‘rsatilgan muddatga muvofiq ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi, tushgan mablag‘lar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 28 martdagi 89-sonli qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.




Xizmatni ko`rsatish muddati


15 kun.


Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro`yxatdan o`tishda ko`rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Arizachiga umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasini olish toʻgʻrisida xabarnoma yuborish.




Rad etish sabablari


Ruxsat guvohnomasi berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi.



Ariza beruvchining talablarga nomuvofiqligi.



Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri ma’lumotlarning mavjudligi.




Shikoyat arizasi berish tartibi


Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda koʻrsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.



Murojaatni koʻrib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni koʻrib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.







Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa