Sun'iy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma olishga elektron ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Sun'iy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma olishga elektron ariza yuborish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo‘jaligi vazirligi

Bog`lanish

Manzil: 100004, Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 4-uy


Telefonlar: +998 (71) 241-00-42, 241-23-73


Faks: +998 (71) 244-23-98


E-mail: info@agro.uz


Web-sayt: www.agro.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.

  • Xo‘jalik faoliyati (ishlab chiqarish maqsadi, quvvati, texnologik sikl va boshqalar), suv muhofazasi holati, oqava suvlarni chiqarib tashlanishi, oqava suv tozalash inshootlarining tarkibi va ishlashi, oqava suvlarni qabul qilgichning tavsiflari, ishlayotgan xodimlarning soni, yildagi ish kunlarining soni, aholi punktidagi aholining soni (aholi punkti suv bilan ta’minlanganda), sug‘oriladigan yerlar maydonlari, qishloq xo‘jalik ekinlarining turlari va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

  • Loyiha-smeta hujjati asosiy qoidalarining sun’iy suv ob’ekti suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga taalluqli qismining ko‘chirmasi.

  • Sun’iy suv ob’ekti suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishning maqsadi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot.

  • Suvdan foydalanuvchi yoki suv iste’molchisi faoliyat yuritadigan hudud, suv ob’ektlari, shu jumladan suvdan foydalanish yoki suv iste’moli manbalari (suv olish va oqava suvlarni tashlash nuqtalarining joylashgan o‘rinlari) ko‘rsatilgan kartografik materiallar - suv ob’ektlaridan sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xo‘jalik maqsadarida foydalanuvchi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladi.

  • Suvdan foydalanuvchi yoki suv iste’molchisi faoliyat yuritadigan hudud, suv ob’ektlari, shu jumladan suvdan foydalanish yoki suv iste’moli manbalari (suv olish va oqava suvlarni tashlash nuqtalarining joylashgan o‘rinlari) ko‘rsatilgan situatsiya plani - suv ob’ektlaridan sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xo‘jalik maqsadarida foydalanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladi.

  • Foydalanilayotgan suv ob’ektlarining, suv olish inshootlarining quvvati va texnik jihozlanganligi (nasos agregatlari va yordamchi inshootlar, sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, ichimlik va texnik maqsadlarga mo‘ljallangan quduqlar va ulardagi inshootlar) va suvni tayyorlash va tozalash stansiyalari (ichimlik, texnik, kanalizatsiyaga oid), ro‘yxatga olingan suv berish nuqtalari va boshqalar ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati.

  • Suv berish nuqtalari ro‘yxati hamda ularni suvni boshqarish va hisobini yuritish vositalari bilan jihozlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.

  • Suvdan foydalanish yoki suv iste’moli, oqava suvlarni oqizib yuborishning manbalar (yer usti, yer osti, shahar suv quvurlari, shahar kanalizatsiyasi, joyning relefi va boshqalar) bo‘yicha loyihaviy yoki me’yoriy hisoblangan rejasi.

  • Suv manbasi (ob’ekti) yoki oqava suvlar tashlanadigan suv ob’ekti suv resurslarining miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

  • Tozalash inshootlarining ishi ustidan laboratoriya nazorati va oqava suvlar tarkibida tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olishni tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumot.

  • Yerlar kadastri to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

  • Suv muhofazasi zonalari va qirg‘oqbo‘yi himoya mintaqalari, shuningdek sanitariya muhofazasi zonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularni tashkil etish va ulardan foydalanish qoidalari bo‘yicha aniq tadbirlar ro‘yxati.

  • Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarining mavjudligi va ularning konstruksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (baliqchilik faoliyati yuritiladigan suv havzalarida).

  • Suv resurslari muhofazasi va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha belgilangan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumot.

  • Suv ta’minoti hamda oqava va yomg‘ir suvlari kanalizatsiyalarining sxemalari.

  • Davlat ekologik ekspertizasi organining ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot (EOB) loyihasiga bergan xulosasi.

  • Oqava suvlarni suv ob’ektlariga yoki joy relefiga chiqarib tashlanishi mavjud bo‘lganda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalarining (YQChT) ekologik me’yorlari loyihasiga Davlat ekologik ekspertizasi organlarining xulosasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


20 ish kuni davomida.

Natijani olish usullari


Xabarnoma foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan telefon raqamiga va/yoki elektron pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Arizachiga ruxsatnoma olish mumkin bo'lgan kun va joyi to'g'risida xabarnoma.

Rad etish sabablari


Noto'g'ri yoki to'liq to'ldirilmagan ma'lumotlar va hujjatlar kiritilganda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi murojaati noqonuniy rad etilganda javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta, shuningdek shaxsan tashrif buyurish orqali shikoyat qilishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxslar qabul qilingan qarordan norozi bo'lgan taqdirda, davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs tomonidan qayerga va qanday murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot berilishi lozim.



Davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs murojaat bo'yicha qabul qilingan qaror natijasi ustidan nazorat olib borishga majburdir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa