Tabiiy suv ob’yektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Tabiiy suv ob’yektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Bog`lanish

Manzil: 100004, Toshkent shahar, Yashnaobod tumani, To'y-tepa ko'chasi, 2A-uy


Telefonlar: +998 (71) 207-07-70


Faks: +998 (71) 236-02-25


E-mail: info@uznature.uz


Web-sayt: www.uznature.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma loyihasi;



  • Xo‘jalik faoliyati (ishlab chiqarish maqsadi, quvvati, texnologikssikl va boshqalar), suv muhofazasi holati, oqova suvlarni chiqarib tashlanishi, oqova suv tozalash inshootlarining tarkibi va ishlashi, oqova suvlarni qabul qilgichning tavsiflari, ishlayotganlarning hamda yildagi ish kunlari soni, aholi punktidagilarning soni (aholi punkti suv bilan ta’minlanganda), sug‘oriladigan erlar maydonlari, qishloq xo‘jalik ekinlarining turlari va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;





  • Loyiha-smeta hujjatining suvdan maxsus foydalanish yoki suv iste’moliga tegishli asosiy qoidalaridan ko‘chirma;





  • Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni iste’molining maqsadi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot;





  • Suvdan foydalanuvchi yoki suv iste’molchisi, suv ob’ektlari faoliyat ko‘rsatish, shu jumladan suvdan foydalanish yoki suv iste’moli manbalari (suv olish va oqova suvlarni tashlash nuqtalari) hududlari joylashgan joyi ko‘rsatilgan kartografik materiallar;





  • Foydalaniladigan suv ob’ektlarining, suv olish inshootlarining quvvati va texnika bilan jihozlanganligi (nasos agregatlari va yordamchi inshootlar, sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, ichimlik va texnik maqsadlarga mo‘ljallangan quduqlar va ulardagi inshootlar) va suvni tozalash va tayyorlash stansiyalari (ichimlik, texnik, kanalizatsiyaga oid), ro‘yxatga olingan suv ayirmalari nuqtalari va boshqalar ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;





  • Suv ayirish tarmoqlari ro‘yxati hamda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi holati to‘g‘risidagi axborot;





  • Manbalar (er usti, er osti, shahar suv quvurlari, shahar kanalizatsiyasi, joyning relьefi va boshqalar) bo‘yicha suvdan foydalanish yoki suv iste’moli, oqova suvlarni oqizib yuborishning loyihadagi yoki normativ-hisoblangan rejasi;





  • Suv ob’ektlari yoki joy relьefiga oqova suvlar tashlanadigan manba va tashlama suv resurslarining miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;





  • Tozalash inshootlari ishi ustidan laboratoriya nazoratini hamda oqova suvlar bilan birga oqizib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olishning tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;





  • Yerlar kadastri to‘g‘risidagi ma’lumotlar;





  • Suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqlar yonidagi polosalar, shuningdek sanitariya muhofazasi zonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularni tashkil etish va ulardan foydalanish shartlari bo‘yicha aniq tadbirlar;





  • Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarining mavjudligi va ularning konstruksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida);





  • Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha mo‘ljallangan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumot;





  • Suv ta’minoti hamda oqova va jala suvlarini kanalizatsiyalash sxemasi;





  • Davlat ekologik ekspertizasi organlarining ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi arizaga (EOA) xulosasi;





  • Oqova suvlar suv ob’ektlari yoki joy relьefiga chiqarib tashlanadigan bo‘lsa, ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalar (YQCHT)ning ekologik me’yorlari loyihasiga Davlat ekologik ekspertizasi organlarining xulosasi.



Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


20 ish kuni davomida.

Natijani olish usullari


Xabarnoma foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan telefon raqamiga va/yoki elektron pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Ruxsatnoma berish kuni va joyi to'g'risida yoki ruxsatnoma berishni rad etish to'g'risida arizachiga xabarnoma yo'llash.

Rad etish sabablari


Noto'g'ri yoki to'liq to'ldirilmagan ma'lumotlar va hujjatlar kiritilganda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi murojaati noqonuniy rad etilganda javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta, shuningdek shaxsan tashrif buyurish orqali shikoyat qilishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxslar qabul qilingan qarordan norozi bo'lgan taqdirda, davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs tomonidan qayerga va qanday murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot berilishi lozim.



Davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs murojaat bo'yicha qabul qilingan qaror natijasi ustidan nazorat olib borishga majburdir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa