Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berishga ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berishga ariza yuborish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent, Yashnobod t-n, To'y-tepa, 2-A uy


Telefon: +998 (71) 207-07-70


Faks: +998 (71) 236-02-25


Elektron pochta manzili: info@uznature.uz


Rasmiy veb-sayt: www.uznature.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma nusxasi - yuridik shaxslarga;

  • Tadbirkorlik subyektlari uchun jismoniy shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma nusxasi - jismoniy shaxslarga;

  • Suv qudug'i kovlashga mo'ljallangan yer uchastkalariga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy hulosasi.



Izoh: Ushbu hujjatlar talabnomasini to'ldirishda ilova bo'yicha talablar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma'lumotlar bazalari bilan integratsiyalanganda dolzarbligini yo'qotadi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasining Qonuni "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida".



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risida" 290-son qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 ish kuni davomida.

Natijani olish usullari


Arizachiga xabar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tish paytida u kiritgan mobil raqami yoki elektron pochta manziliga xabar yuboriladi.

Xizmat natijasi


Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma olish haqida xabar yuborish yoki asoslangan rad javobi*



Izoh: Arizachining xohishiga ko'ra ruhsatnoma elektron ko'rinishda yuborilishi mumkin.

Rad etish sabablari


  • Hujjatlarni to'liq bo'lmagan ko'lamda taqdim etish;

  • Hujjatlarda ma'lumotlarni ishonchsizligi yoki noto'g'ri ko'rsatmalarni mavjudligi;

  • Ruhsatnoma berishda arizachi kerakli talab va tartiblarga mos kelmasligi;

  • Davlat geologiya qo'mitasi organlarining ko'rsatilgan hududda kovlash mumkinmasligi haqida xulosa mavjudligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi murojaati noqonuniy rad etilganda javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta, shuningdek shaxsan tashrif buyurish orqali shikoyat qilishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxslar qabul qilingan qarordan norozi bo'lgan taqdirda, davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs tomonidan qayerga va qanday murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot berilishi lozim.



Davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs murojaat bo'yicha qabul qilingan qaror natijasi ustidan nazorat olib borishga majburdir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa