Yuridik shaxslarga ilovaga asosan arxitektura va shahar qurilish hujjatlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to'g'risida axborotlar taqdim etish
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Yuridik shaxslarga ilovaga asosan arxitektura va shahar qurilish hujjatlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to'g'risida axborotlar taqdim etiladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Xizmat hammaga taqdim etiladi.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi

Bog`lanish

Manzil: Toshkent sh., Shayxontoxur tumani, Abay ko'chasi, 6.


Telefon: +998 (71) 244-27-54


+998 (71) 244-05-05

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


1. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: litsenziya berish to'g'risidagi ariza, unda quyidagilar ko'rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan turi. (7-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 maydagi 92-son qarori tahririda — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 20-21-son, 181-modda) yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi; (7-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2012 y., 6-son, 57-modda).



Litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yeg'im to'langanini tasdiqlovchi hujjat; qurilish loyihalarining ekspertizasini o'tkazish bilan shug'ullanayotgan xodimlarning ro'yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo'yicha ish staji ko'rsatiladi.



2. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.



3. Hujjatlar «Davarxitektqurilish» qo'mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yohud olinganligi to'g'risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar «Davarxitektqurilish» qo'mitasining mas'ul shaxsi tomonidan ro'yxat bo'yicha qabul qilinadi, ro'yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to'g'risida belgi qo'yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).



(9-band ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 maydagi 92-son qarori tahririda — O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 20-21-son, 181-modda).



4. Ishonchli bo'lmagan yoki buzilgan ma'lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-son qaroriga 2-ilova Qurilish loyihalarining ekspertizasini o'tkazish faoliyatini litsenziyalash to'g'risida NIZOM

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Qurilish loyihalarining ekspertizasini o'tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik uchun eng kam oylik ish haqining o'n baravari miqdorida davlat boji undiriladi. (34-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)

Xizmatni ko`rsatish muddati


Arizasi olingan kundan boshlab o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.

Natijani olish usullari


Elektron pochta orqali, pochta orqali, telefon orqali.

Xizmat natijasi


Yuridik shaxslarga ilovaga asosan arxitektura va shahar qurilish hujjatlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to'g'risida axborotlarni olish.

Rad etish sabablari


Ko'zda tutilmagan.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Ma'lumot oluvchi shikoyat arizasini shaxsan va elektron ko'rinishda berishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa