Yuridik shaxslarga qurilish loyihalarning ekspertizasining o'tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Yuridik shaxslarga qurilish loyihalarning ekspertizasining o'tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar beriladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi

Bog`lanish

Toshkent sh., Shayxontoxur tumani, Abay ko'chasi, 6.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Litsenziya berish haqida arizasida ko’rsatilsin: yuridik shaxs nomi va tashkiliy-xuquqiy shakl (pochta manzili), bank nomi va hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirmoqchi bo`lgan litsenziyalanayotgan faoliyat turi, yuridik shaxs davlat ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida guvohnoma nusxasi; litsenziya oluvchidan litsenziya uchun to`lagan pulini tasdiqlovchi hujjat;

qurilish loyihalarning ekspertizasining o'tkazadigan mutaxassislar ro’yxati, egallab turgan lavozimini, ta’lim bo’yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo’yicha malakasi ko’rsatilgan holda.

Ushbu nizomda Litsenziya olish bo'yicha qayd etib o'tilmagan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Hujjatlar arxetiktura va qurilish davlat qo'mitasiga bevosita pochta aloqasi orqali qabul qilinganligi haqidagi ma'lumotni olish imkoniyati bilan yuboriladi.

Hujjatlar arxetiktura va qurilish davlat qo'mitasining xatlash bo’yicha mas'ul shaxs bilan qabul qilinadi, nusxasi hujjatlarini qabul qilingan sanasi belgilangan holda ariza beruvchiga yo'llanadi (topshiriladi).

Soxta va noto`g'ri ma'lumotlar taqdim etgan ariza beruvchilar qonun oldida javobgardirlar.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasining 24 sentabr 2003 yilning 410-sonli Qarori 2-ilovasi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Qurilish loyihalarning ekspertizasining o'tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish va muddatni uzaytirish uchun eng kam ish haqining o'n baravar o'lchamda davlat boji olinadi.

Litsenziya berish uchun davlat boji Respublika budjetiga o’tkaziladi.

Arizani ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan eng kam ish haqining bir baravar o'lchamda olinadi. Arizani ko’rib chiqish uchun to’lov arxetiktura va qurilish davlat qo'mitasining bankdagi hisob raqamiga o’tkaziladi.

Ariza beruvchi, berilgan arizadan bosh tortganda to’lov qaytarilmaydi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Arizani qabul qilgan kundan boshlab o’n besh kun muddat ichida litsenziya berish yoki rad etishda qaror qabul qilinadi.

Natijani olish usullari


Shaxsan, pochta orqali.

Xizmat natijasi


Litsenziya berish.

Rad etish sabablari


Litsenziya berishda O'zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida” 17 qonunini asosida rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya oluvchi shaxs litsenziya berishda rad javobi haqida qarorni, hamda Arxetiktura va qurilish davlat qo'mitasining mas'ul shaxsi harakatlarini (harakatsizligini) qonun bilan o’rnatilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa