Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash bo'yicha ma'lumot taqdim etish
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash bo'yicha ma'lumot.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismony shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi

Bog`lanish

Manzil: 100011 Toshkent sh.., Abay ko`chasi 6


Telefon: +998 (71) 244-27-54


+998 (71) 244-05-05


Web sayt: davarh.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • litsenziya berish to'g'risidagi ariza, unda quyidagilar ko'rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan turi.

  • yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;

  • litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig'im to'langanini tasdiqlovchi hujjat;

  • qurilish loyihalarining ekspertizasini o'tkazish bilan shug'ullanayotgan xodimlarning ro'yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo'yicha ish staji ko'rsatiladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


"Qurilish sohasidagi faoliyatni litsyenziyalash to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 sentabrdagi 410-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.



Litsenziya «Davarxitektqurilish» qo'mitasi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to'langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.

Natijani olish usullari


Hujjatlar «Davarxitektqurilish» qo'mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud olinganligi to'g'risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.

Xizmat natijasi


Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati bo'yicha litsenziya.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to'g'risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko'rsatib o'tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko'rib chiqishga taqdim etishi uchun etarli bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa