O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat yuborish
Eslatma
Iltimos, elektron shaklda murojaat yuborishdan avval quyidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing:

O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga elektron murojaat yuborishda Sizdan O’zbekiston Respublikasining ”Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuning 3-bobi 16-moddasida belgilangan shartlarga va quyidagi ko’rsatmalarga amal qilishingizni so’rab qolamiz. Mazkur shartlarga amal qilishingiz Sizning elektron murojaatingizni ko’rib chiqishni sezilarli darajada tezlashtiradi.

  1. Murojaatlar ularda qo’yilgan masalalarni hal etish o’z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoxud bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
  2. Murojaat matnini ravon to’ldirish, savollar hamda takliflarni aniq va tushunarli ifoda etish zarur.
  3. Murojaatda xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot nomi va mansabdor shaxsning F.I.O. aniq ko’rsatilishi lozim.
  4. Anonim murojaatlar va qonunda belgilangan talablarni qanoatlantirmaydigan murojaatlar, shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo’yicha javob berilgan murojaati qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo’lsa, ko’rib chiqilmaydi.
  5.  Bila turib yolg‘on ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko‘ra undirib olinishi mumkin.
  6. Elektron murojaatni yuborishdan oldin formani aniq va to’g’ri to’ldirish lozim.
  7. Murojatingizni tezkor ko’rib chiqish maqsadida, barcha hujjatlar va boshqa guvohlik beruvchi hujjatlar nusxalarini ilova qilishingizni so’rab qolamiz. Ilova qilinayotgan fayl hajmi 5 mb .dan oshmasligi lozim. Quyidagi turdagi fayllarni ilova qilish imkoniyati mavjud: txt, doc, rtf, xls, pps, ppt, pdf, jpg, bmp, png, tif, gif, pcx, mp3, wma, avi, mp4, mkv, wmv, mov, flv. Boshqa formatdagi fayllarni qayta ishlash imkoniyati mavjud emas.
  8. Javob xati murojaatingizda ko’rsatilgan pochta manziligi yoki elektron pochta manziliga yuboriladi.

Agar Siz yuqorida ko’rsatib o’tilgan shartlarga rozi bo’lsangiz va O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat yubormoqchi bo’lsangiz, u holda “Roziman” punktini belgilang va “Keyingi qadam” tugmasini bosing.

Formani to`ldirish


Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa