• IT taʼlim

    IT sohasiga qiziquvchan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi uchun kurslar

  • Bepul kurslar

    IT sohasida malaka oshirish uchun bepul o‘quv kurslar

  • Taʼlim xarajatlarini qoplash

    Yoshlar uchun xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari

  • Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun

    Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun joriy etilgan davlat xizmatlari

Backend kurslarida o‘qish uchun

Backend – bu serverda joylashgan va foydalanuvchilardan yashirin bo‘lgan mahsulotning ichki qismi. Uni ishlab chiqish uchun turli tillardan foydalanish mumkin, masalan, Python, PHP, Go, JavaScript, Java, C#
Kursga o‘tish

Front-end kurslarida o‘qish uchun

Frontend veb-ilovalarining (veb-saytlarning) umumiy qismi bo‘lib, u bilan foydalanuvchi o‘zaro aloqada bo‘lishi va bevosita bog‘lanishi mumkin
Kursga o‘tish

Mobil robototexnika kurslarida o‘qish uchun

Mobil robotexnika – bu jismoniy muhitda harakatlana oladigan robotlar bo‘lgan mobil robotlarni yaratish bilan shug‘ullanadigan sanoat. Mobil robotlar odatda dasturiy taʼminot bilan boshqariladi va atrofni aniqlash uchun sensorlar va boshqa qurilmalardan foydalanadilar
Kursga o‘tish

Android kurslarida o‘qish uchun

Android – bu Android operatsion tizimida ilovalar yaratish va qo‘llab quvvatlash. U nafaqat smartfonlarda, balki planshetlar, aqllii soatlar va Smart televizorlarda ham ishlaydi. Bu dastur qanchalik qulay va funksional bo‘lishiga bog‘liq
Kursga o‘tish

Dizayn kurslarida o‘qish uchun

Dizayn – IT mahsulotining visual qismini ishlab chiqish, ijodiy qobilyatlarni uch yo‘nalishda amalga oshirish mumkin: grafik dizayn, veb dizayn va game dizayni
Kursga o‘tish

Veb dizayn kurslarida o‘qish uchun

Veb dizayn – bu internet axborot muhiti obyektlarini ishlab chiqish va loyihalashga qaratilgan, ularni yuqori isteʼmol xususiyatlari va estetik fazilatlar bilan taʼminlash uchun mo‘ljallangan grafik dizayn turi
Kursga o‘tish

Loyiha texnik hujjatlarini ekspertiza qilish

Kursning tarkibi: 1 ta modul hamda 9 ta darsdan iborat
Kursga o‘tish

Ma’lumotlar bazasi

Kursning tarkibi: 4 ta modul hamda 16 ta dars hamda yakuniy nazorat testidan iborat
Kursga o‘tish

Kiberxavfsizlik asoslari

Kursning tarkibi: 8 ta modul hamda 27 ta dars hamda yakuniy nazorat testidan iborat
Kursga o‘tish

my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Kursning tarkibi: 11 ta modul hamda 45 ta darsdan iborat
Kursga o‘tish

Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish

my.gov.uz da chet tili bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir elektron davlat xizmati joriy etilgan. Unda imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan vakillar foydalanishlari mumkin.
Bu xizmat orqali ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
Xizmatdan foydalanish

Jismoniy shaxslarning ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarishga ariza yuborish

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga asosan, O‘zbekistonning professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (o‘zining yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.Quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘i ushlanmaydi
- fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
- ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
- er yoki xotin 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa;
Xizmatdan foydalanish

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xarid qilish bo‘yicha isteʼmol krediti foizlarini qoplab berish

31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan uning vakili) tegishli sertifikat berilgandan boshlab 6 oy mobaynida istalgan davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali sertifikatni ilova qilgan holda murojaat etadi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xarid qilish bo‘yicha isteʼmol krediti foizlarini qoplab berishi yo‘lga qo‘yilgan
Xizmatdan foydalanish

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni nodavlat taʼlim muassasalarida sarflangan xarajatlar bir qismini qoplash

Mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Reglamentga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta'lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta'lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish yo'lga qo'yilgan
Xizmatdan foydalanish

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya

Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nogironligi bo‘lgan yoshlarga qulayliklar yaratilgan. Ularga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini (motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar) xarid qilish uchun subsidiya ajratiladigan
Xizmatdan foydalanish

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga ularning nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rganishi, ularda kasbiy ko‘nikmalarning shakllantirilishi, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni o‘rganishi davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan subsidiya
Xizmatdan foydalanish

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti hamda umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish uchun ajratiladigan subsidiya
Xizmatdan foydalanish