image

Mulk xaridlarida my.gov.uz yordam beradi!

24.05.2023

Hozirgi kunda turli mulk shakllarini oldi-sotdi qilishda avvalgidek idorama-idora qog‘oz ko‘tarib yurish shart emas.

Jumladan:

Uy sotib olishda:

Davlat kadastr reyestridan ma’lumot olish

Mulkdorga tegishli ma’lumotlar uning o‘zi tomonidan yoki roziligi asosida my.gov.uz portali orqali olinishi mumkin. “Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati ob’yekt va unga doir huquqlar to‘g‘risida elektron ma’lumot olish imkonini beradi.

Yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatda turish

Fuqarolar my.gov.uz portali yordamida masofadan turib, “Yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun ariza yuborishi” , shuningdek,  “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yishi” mumkin.

Shuningdek, Kadastr pasportini shakllantirish; Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni kadastrda ro‘yxatdan o‘tkazish; Yer uchastkasini xususiylashtirish  kabi qator xizmatlar mavjud.

Avtotransport sotib olishda:

Avtomobil haqida ma’lumot

Yagona portaldagi “Avtomobil tarixi haqida ma’lumotnoma” xizmati orqali avtomobil kimning nomida, qachon ishlab chiqarilgan va texnik holati kabi ma’lumotlarni olish mumkin.

“Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish”  xizmati orqali esa avtomobilga taqiq yoki cheklov mavjudligini onlayn bilsa bo‘ladi.

Shuningdek, Avtotransport boshqaruviga elektron ishonchnoma olish; “Tonirovka” uchun ruxsatnoma olish  kabi qator xizmatlar mavjud.

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024