Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

03.07.2023 18:20

O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi

Talabgorlar 10-iyulga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

- bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

- zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

 Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

 - 2 yilga mo'ljallangan biznes reja;

mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;

pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;

pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;

- ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

 

 

 

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?