Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

28.08.2023 15:35

Yuridik texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni yuklab olishga shoshiling!

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.gov.uz portalidagi "Yuridik texnikumga o'qishga  kirish uchun ariza yuborish" xizmati orqali ro'yxatdan o'tgan telefon raqami va parolini kiritgan holda yuklab  olishlari mumkin.

Yuridik texnikumlarga kirish test sinovlari 2023-yil 29-30-avgust kunlari o'tkaziladi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (huquqshunoslik, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi)dan bo‘lib o'tadi.

Talabgorlar test sinoviga pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari shart.

 

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?