image

🏠 Uy ijarasiga talab oshmoqda!

04.09.2024

💻 Uyni my.gov.uz orqali ijaraga berish oson va qulay! Bu qanday amalga oshiriladi?

⏺ Ariza beruvchi my.gov.uz da roʻyxatdan oʻtadi. 
⏺“Koʻchmas mulk ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qoʻyish” xizmatini tanlaydi.
⏺ Ijaraga beruvchi sifatida maʼlumotlarni toʻldirgach, ijaraga oluvchiga shartnoma loyihasi uchun identifikatsiya kodini yuboradi.
⏺ Ijaraga oluvchi shartnoma loyihasini identifikatsiya kodi yordamida tasdiqlash orqali ariza toʻldirishni davom ettiradi.
⏺  Ijara shartnomasi avtomatik ravishda tuziladi va roʻyxatdan oʻtgan shartnomani yuklab olish mumkin.

💰Agar ijaraga turuvchi talaba boʻlsa, ijara toʻlovining 50 foizi qoplab beriladi (lekin qaytariladigan summa 1 BHM dan oshmasligi kerak). Uy egasining esa ijaraga berishdan olinadigan daromadiga soliq solinmaydi.

Barcha yangiliklar

🔵Uydan chiqmagan holda pensiya miqdorini bilish mumkin!

📲my.gov.uz portali orqali "SMS-PENSIYA" xizmatiga telefon raqamini onlayn ulash imkoniyatidan foydalaning (raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, yangisini kiriting).

11.01.2025
📣E'lon!

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimlarida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalining Mobil ilovasidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

10.01.2025
✨ 2024-yil natijalari ✨

🟡 Yil yakuni bizni yangi yutuqlar bilan xursand qildi!

09.01.2025
❗️my.gov.uz da raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi

📝 Hukumat qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

08.01.2025
❗️Zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling!

📱 Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Ular my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

07.01.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting