image

❗️MyGov ilovasini yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi!

05.09.2024

📱 MyGov ilovasi tobora ko'proq yurtdoshlarimiz e'tiborini qozonmoqda. So'nggi bir necha oy ichida yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi! Bu o'sishning 83% Android, 17% iOS qurilmalariga to'g'ri keladi.

👍Foydalanuvchilarimiz fikri biz uchun muhim. Ilovaning qulay va foydali ekanligi ular tomonidan yuqori baholanmoqda: Androidda 4,7 va iOSda 4,8 ball!

📱MyGov ilovasini nafaqat O'zbekistonda, balki xorijda ham faol yuklab olishlar kuzatilmoqda. Eng ko'p yuklab olishlar – Rossiya (129 ming), Qozog'iston (15,6 ming) va Turkiya (15 ming)da.

📊 Ilovaning ommalashishi undagi keng imkoniyatlar bilan bog'liq. 330 dan ziyod elektron xizmatlar, 3800 dan ortiq to'lov turlari, 10 dan ortiq xabarnoma turlari, biometrik identifikatsiya, kommunal to'lovlarni amalga oshirish va 40 dan ziyod ma'lumotnomalarni yuklab olish imkoniyati – bularning barchasi fuqarolar hayotini osonlashtirish uchun yo‘lga qo‘yilgan!

📱 my.gov.uz – bu davlat xizmatlaridan foydalanishning eng qulay va tezkor usuli!

👉 Siz ham mobil ilovani yuklab oling: Android / iOS

Barcha yangiliklar

🔵Uydan chiqmagan holda pensiya miqdorini bilish mumkin!

📲my.gov.uz portali orqali "SMS-PENSIYA" xizmatiga telefon raqamini onlayn ulash imkoniyatidan foydalaning (raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, yangisini kiriting).

11.01.2025
📣E'lon!

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimlarida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalining Mobil ilovasidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

10.01.2025
✨ 2024-yil natijalari ✨

🟡 Yil yakuni bizni yangi yutuqlar bilan xursand qildi!

09.01.2025
❗️my.gov.uz da raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi

📝 Hukumat qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

08.01.2025
❗️Zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling!

📱 Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Ular my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

07.01.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting