image

Attestatsiyadan o‘tgan pedagoglar sertifikatini Yagona portal orqali tekshirishlari mumkin

20.10.2021

Attestatsiyadan o‘tgan pedagoglar sertifikatini Yagona portal orqali tekshirishlari mumkin

Har 5 yilda bir marotaba o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi nafaqat majburiylik va davriylik, balki oshkoralik va xolislikka ham asoslanishi shart.

Aynan attestatsiyada pedagog kadrning o‘quv fani bo‘yicha bilimi va malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligiga baho beriladi. Hamda shu asosida uni rag‘batlantirish, oylik maoshini oshirish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutiladi.

Endilikda YaIDXP orqali nafaqat attestatsiyadan o‘tkazishga ariza yuborish, balki “Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarini tekshirish” xizmatidan ham foydalanish mumkin.

Buning uchun ushbu havolaga o‘tib https://my.gov.uz/uz/service/500, xizmatdan foydalaning.

Bo‘sh bandlarga sertifikat seriyasi va raqamini kiritib, “yuborish” tugmasini bosing va sertifikat haqidagi ma’lumot bilan tanishing.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024