image

Yana bir yangi xizmat ishga tushdi

29.10.2021

Yana bir yangi xizmat ishga tushdi

My.gov.uz tizimida roʼyxatdan oʼtgan fuqarolar endi shaxsiy kabineti orqali “Mehnat daftarchasidan koʼchirma olish”lari mumkin boʼldi. 

Buning uchun ulardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi. 

Xizmat bir muddatda va bepul koʼrsatiladi.

Ushbu elektron xizmat fuqarolarimizga tashkilotlar tomonidan mazkur hujjat soʼralganida tezkor taqdim etish qulayligini beradi. 

Maʼlumot oʼrnida: Elektron hukumatni rivojlantirish yoʼlidagi islohotlar tufayli davlat rahbarining 2019-yil 31-oktyabrdagi qarorida 2020-yilning 1-yanvaridan ish beruvchilar va xodimlar oʼrtasidagi mehnat munosabatlari (mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillari) elektron roʼyxatdan oʼtkazilishi belgilab qoʼyilgan.
 

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024