image

Pensiya hisobvaragʼingizga qancha mablagʼ yigʼilganini bilishni istaysizmi?

09.11.2021

Pensiya hisobvaragʼingizga qancha mablagʼ yigʼilganini bilishni istaysizmi?

2005-yildan kuchga kirgan Oʼzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunidan hanuzgacha bexabarlar koʼp. 

Аksariyat kishilar shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaragʼidagi mablagʼni nafaqaga chiqqanida har oy oladigan pensiya puli bilan adashtirishadi. 

Bu haqida maʼlumotga ega boʼlganlar esa hisobvaragʼiga qancha mablagʼ yigʼilganini bilish uchun bankka tez-tez qatnab turishadi. 

Аxir, bu nafaqaga chiqqanda yillar davomida toʼplanib turgan mablagʼni (har oylik pensiyadan tashqari) bir marotaba ulgurji yoki boʼlib-boʼlib olish imkoniyati-ku. 

Bunga siz ham qiziqib qoldingizmi? Yoki allaqachon bankka qatnab, navbat kutishdan charchagansizmi?

Demak, bexabarsiz. Yagona portalda yaratilgan qulaylikdan foydalanmagansiz? 

Chunki my.gov.uz manzilida nafaqat “Shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaragʼi holati haqida maʼlumot”ga ega boʼlish, balki tegishli maʼlumotnomani tez va oson yuklab olish imkoniyati ham bor.

Maʼlumot oʼrnida: duch kelingan muammo va xatoliklar yuzasidan Xalq bankining (71) 210-20-02 yoki 1106 ishonch raqamlariga 24 soat davomida murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024