image

"Topilmalar" avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etiladi

04.11.2021

"Topilmalar" avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etiladi

Ichki ishlar vazirligiga tegishli «topilmalar stoli»ni tugatish hamda yo‘qolgan narsalarni qabul qilish funksiyalarini DXAga o‘tkazish taklif qilinmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan boshlab Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda.

Yo‘qotilgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham qabul qilinadi.

Shuningdek, 2022-yil 1-martga qadar “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim YIDXP bilan integratsiya qilinadi.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024