image

50 foizlik chegirma beriladigan xizmatlar ro‘yxati

05.11.2021

50 foizlik chegirma beriladigan xizmatlar ro‘yxati

Avval ham xabar berganimizdek, 2021 yil 1 noyabrdan "Elektron hukumat" tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foizlik chegirma beriladi. 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) va Davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatiladigan 50 foizlik chegirmaga ega xizmatlar ro‘yxati ham tasdiqlangan. 

Jumladan: 
▪️Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani olish;
▪️Xorijiy davlatda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish;
▪️Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuborish;
▪️O‘lim ro‘yxatga olinganligi haqida maʼlumotnomani olish;
▪️Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;
▪️Tug‘ilganlik haqida maʼlumotnomani olish;
▪️Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
▪️Kadastr pasportini shakllantirish va boshqalar.

My.gov.uz manzilida ushbu imtiyozlardan qulay vaqtda – 24 soat davomida elektron foydalanish imkoniyati mavjud.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024