image

"Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

16.11.2021

"Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

  • yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;
  • fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);
  • xususiylashtiriladigan davlat ob’ektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);
  • bo‘sh turgan yerlar.

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

  • umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;
  • yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilgan).

Ariza DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024