image

Oila – muqaddas go‘sha. Ayniqsa, butun oilaning bir joyga jam bolishi har birimizni quvontiradigan holat.

19.11.2021

Oila – muqaddas go‘sha. Ayniqsa, butun oilaning bir joyga jam bolishi har birimizni quvontiradigan holat.

Ko‘chadagi har qanday ob-havo esa butun oila tarkibini Yagona portalda jamlashga to‘siq bo‘lolmaydi.

Buning uchun my.gov.uz manzilida “Mening oilam” bo‘limiga o‘ting. Bordi-yu, unga oilangiz tarkibi noto‘g‘ri kiritilgan yoki begonalar qo‘shilib qolgan bo‘lsa, uni darhol o‘zgartiring. Oila tarkibi to'grisidagi ma’lumotlarni to‘liq kiritib, tahrirlashga ariza yuboring.

Oila tarkibi haqidagi ma’lumotlar bizga qachon qo‘l keladi?
Subsidiya olish, sug‘urta bilan bog‘liq jarayonlar, ishonchnoma shakllantirish, kredit masalalari va boshqa holatlarda.

Eng muhimi, oilangiz elektron bazada to‘liq jamlanganidan ko‘nglingiz xotirjam tortadi.

Oila tarkibi haqida ma’lumot so‘ralgan joylarga qog‘oz hujjatlar ko‘tarib yurishga hojat qolmaydi.

Qaysi davlat tashkilotiga bormang, oilangiz tarkibi bo'yicha ma’lumotlar avtomat tarzida chiqib keladi.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024