image

Endi yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini tiklashda ham Yagona portaldan foydalanish mumkin

02.12.2021

Endi yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini tiklashda ham Yagona portaldan foydalanish mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun imtihonga ariza yuborish” xizmati ishga tushirildi.

Afzalligi nimada?

Mazkur xizmatning qulayligi shundaki, endi fuqarolar yo‘qotilgan guvohnomani tiklash uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyurmagan holda tegishli hujjatlarni elektron ilova qilishlari mumkin.

Bunda aholining ham vaqti, ham naqdi tejaladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

1. Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.
2. 083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma (amal qilish muddati 3 oydan o‘tmagan bo‘lishi lozim).
3. Oxirgi bir yil davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ishonchnoma, haydovchilik bilan shug‘ullansa, ishxonadan ma’lumotnoma, texpasport va boshqalar).
4. Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi (nusxasi mavjud bo‘lsa).

Keyingi jarayonlar

Taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgach, murojaatchiga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyurish, imtihonlardan o‘tish uchun qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish hamda nazariy va amaliy imtihondan o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz: Yagona portal foydalanuvchilari yuborilgan arizalar holatini ham my.gov.uz manzilida masofadan kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024